Modrich agar futbolchi bo'lmaganida, qaysi kasbni egallashi mumkinligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1101

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich restoran biznesi unga doimo yoqqanini va agar futbolchi bo'lmaganida shu sohaga o'zini bag'ishlagan bo'lishini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, hatto ofitsiant bo'lishning o'zi ham unga etarli edi, garchi u idish-tovoq yuvishni yoqtirmasa ham.
«Menga oddiylik yoqadi. Oddiy oila, oddiy hayot, mayda-chuyda narsalar. O'zimni alohida inson deb his qilmayman. Butun umrim davomida biror marta ham o'zimni boshqalardan ustun deb o'ylamaganman. Agar futbolchi bo'lmaganimda, ofitsiant bo'lishni istardim.
Bu ishni yaxshi bajarar edim, menga yoqardi. Men mehmonxona xo'jaligi maktabida o'qiganman. Birinchi kursda Zadarda joylashgan “Marina” restoranida amaliyot o'taganmiz, u erda to'y marosimlari o'tkazilardi. Men ichimliklar tarqatar edim, xorvat to'ylarida esa ko'p ichishadi. Menga yoqmagan yagona narsa — idish-tovoq yuvish edi».

Bosh sahifaga
301