«Barselona» Messi va Ronaldu o'ynagan yillarni hisobga olmaganda bir yildagi gollar bo'yicha La liga rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1590

«Barselona» klubi kalendar yil davomida Ispaniya chempionatidagi eng yuqori natijadorlik rekordini qayd etdi. «Ko'k-anorranglilar» 2025 yilda barcha musobaqalarda, avtogollarni ham hisobga olgan holda, jami 169 ta gol urdi.
Opta Sport xabar berishicha, Ispaniya La Ligasida bir kalendar yil ichida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu to'p surgan yillarni hisobga olmaganda, hech bir klub bunchalik ko'p gol urmagan.
Lionel Messi 2003 yildan 2021 yilgacha «Barselona» safida o'ynagan, shundan so'ng «PSJ» klubiga o'tgan. Krishtianu Ronaldu esa 2009 yil iyulidan 2018 yil iyuligacha Madridning «Real» jamoasi sharafini himoya qilgan va keyin Italiyaning «Yuventus» klubiga ko'chib o'tgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262