Roberto Karlos yuragidan operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1885

Braziliyalik sobiq mashhur futbolchi Roberto Karlosning yuragi operatsiya qilindi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ta'til vaqtida sobiq himoyachining oyog'idan tromb topilgan. To'liq tekshiruvdan so'ng Karlosning yuragidagi muammolar tufayli jarrohlik amaliyotiga muhtojligi ma'lum bo'ldi. Operatsiya uch soat davom etdi va muvaffaqiyatli o'tdi - hozir braziliyalikning hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Ammo yaqin kunlarda u shifokorlar nazoratida bo'ladi.
Roberto Karlos "Inter", "Real", "Fenerbaxche", "Anji" va boshqa klublarida o'ynagan. Braziliyalik futbolchi uch karra Chempionlar ligasi g'olibi, to'rt karra Ispaniya chempioni, shuningdek, jahon chempioni hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260