Mbappening taxminiy tiklanish muddati ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe jarohati sabab Ispaniya Superkubogini o'tkazib yuboradi. L'Equipe nashrining o'z sahifalarida yozishicha, yulduz futbolchining tizza boylamlari jarohatidan forig' bo'lishi uchun taxminan uch hafta kerak bo'ladi.
"Real" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona"dan Xabi Alonso jamoasi 4 ochko ortda qolmoqda.
La Liganing navbatdagi o'yinini "Real" 4 yanvar, yakshanba kuni o'z maydonida "Betis"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219