Modrich kim sababli yoshligida «Milan» muxlisi bo'lganligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 880

"Milan"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich bolaligingizda rostdan ham "rossonerilar" muxlisi bo'lganmisiz, degan savolga javob berdi.
- To'g'ri. "Milan"ga bolaligimdagi kumirim - 1998 yilda Frantsiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida qahramonlik ko'rsatgan Xorvatiya sardori Zvonimir Boban tufayli muxlislik qilganman," - deya Modrichning so'zlarini keltiradi Corriere dello Sport.
Modrich "Milan" safiga 2025 yilning yozida kelib qo'shilgandi. O'shandan beri 40 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 19 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Modrichning "Milan" bilan mehnat shartnomasi yaqin yozgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220