«Tottenxem» frantsuz iqtidorini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 877

"Monako" xavbeki Magnes Akliush qishki transferlar vaqtida Frantsiya chempionatini Angliya Premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Mail Sport jurnalistlari xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, 23 yoshli yarim himoyachini Londonning "Tottenxem" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Frantsuzning transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda. Akliushning monakoliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Magnes "Monako"ning 15 ta o'yinida ishtirok etdi. U 3 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219