«Napoli»ning Xyoylund bo'yicha rejalari oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8012

"Napoli" hujumchisi Rasmus Xyoylund mavsum yakunlangach, "Manchester Yunayted"ga qaytish ehtimoli kam.
Italiyaning amaldagi chempionlari daniyalikni ma'lum shartlar bilan majburiyatga aylanishi mumkin bo'lgan sotib olish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishdi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "Napoli" hujumchini 44 mln evroga sotib olish punktini faollashtirmoqchi. 22 yoshli futbolchining shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Manbaning ta'kidlashicha, neapolliklar Xyoylundning bo'lajak shartnomasida 2027 yilning yozidan kuchga kiradigan 85 mln evro tovon puli ko'rsatadi.
Futbolchi Antonio Konte jamoasi safida 19 ta o'yinda 7 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
197