«MYu» 2025 yilda APL o'yinlarida g'alabadan ko'ra ko'proq mag'lubiyatga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 634

"Manchester Yunayted" 2025 yilgi so'nggi o'yinda "Vulverxempton"ni mag'lub eta olmadi (1:1).
Uchrashuvning 27-daqiqasida Joshua Zirkzee tomonidan kiritilgan golga "bo'rilar" 45-daqiqada Ladislav Kreychining aniq zarbasi bilan javob qaytardi.
Shu tariqa, "qizil iblislar" kalendar yilini salbiy natija bilan yakunlamoqda. Ruben Amorim jamoasi chempionatda 13 ta o'yinda g'alaba qozonib, 14 marta mag'lub bo'lgan, yana 11 ta o'yinda durang qayd etilgan.
"Manchester Yunayted" APLning joriy mavsum turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi turda mankunianliklar "Lids" mehmoni bo'lishadi - uchrashuv 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222