Uotkins Drogba va Ronalduning natijasini ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

"Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkins "Arsenal"ga qarshi o'yinda gol urdi - 1:4.
30 yoshli futbolchi 94-daqiqada "kanonirlar" darvozasini ishg'ol qildi.
StatMuse xabariga ko'ra, "Villa" forvardi faoliyatida 22-marta Premer-liganing "kuchli oltiligi" jamoasi darvozasiga yo'l topdi - u bu ko'rsatkich bo'yicha Krishtianu Ronaldu va Dide Drogbadan (21 tadan gol) o'zib ketdi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Olli Uotkins hisobida oltita gol bor. O'tgan turda futbolchining dubli "Aston Villa"ga "Chelsi" ustidan irodali g'alabani keltirdi (2:1).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196