Joau Kanselu sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 661

Milanning "Inter" klubi "Al-Hilol"ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu transferi ustida ish olib bormoqda.
Turli nufuzli manbalarga ko'ra, portugaliyalik yanvar oyida Saudiya Arabistonini tark etib, Evropaga qaytmoqchi. Ayni paytda 31 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida "Inter" ko'rilmoqda va u ijarani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Paskuale Guarroning yozishicha, "neradzurrilar" rahbariyati Kanseluning murakkab fe'l-atvori va xatti-harakatlaridagi muammolarni juda yaxshi biladi, ammo bu borada tashvishlanmaydi va shu sabablarga ko'ra kelishuvdan voz kechmaydi. Milan grandi bosh murabbiyi Kristian Kivu futbolchi iste'dodining katta muxlisidir.
Joau Kanseluning Transfermarkt portalidagi narxi - 10 mln evro. Himoyachi "Inter" bilan allaqachon tanish: u 2017 yildan 2018 yilgacha ijara asosida jamoa sharafini himoya qilgan.

Bosh sahifaga
197