«Yunayted» 19 yoshli futbolchining xaridi uchun 100 million evro sarflashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi hujumkor yarim himoyachisi Yan Diomande tumanli Albionga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sports.
19 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qizil-oqlar" yanvar oyidagi transferlar vaqtida futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rmoqchi. Germaniyaliklar o'z iste'dodini 100 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsum Germaniya chempionatida 19 yoshli ivuarlik 14 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Yanning "buqalar" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 45 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205