Davron Fayzievdan anons: «Kanonirlar» uchun yagona yo'l
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 821

Londonning «Arsenal» klubi muxlislari hamon ko'p, bilamiz. 90-yillardan boshlab "to'pchilar" fantastik yorqin futbol ko'rsatishni boshlashgan. O'sha davrlarda tezkorlik va kombinatsion futbol bo'yicha nafaqat Angliyada, balki butun Evropada uncha buncha jamoalar «Arsenal»ga bas kelolmasdi. Chempion bo'lishdi, rekordlar qayd etishdi. Futbol estetlarining mehri oshib bordi.
Ammo so'nggi mavsumlar ushbu muxlislarga havas qilib bo'lmaydi. Avval klub chempionlik poygasidan tushib qoldi. Uyog'iga Chempionlar ligasi zonasi ham muammoga aylanib boryapti. Klub bosslari juda befarq deb bo'lmaydi. Vaziyatni o'zgartirish choralari ko'rilmoqda. Tarkib yomonmas. Yosh, iste'dodli, ambitsiyali murabbiy olib kelindi. Plyus u ganner... “bir marta ganner - bir umr ganner”, degan gap bor. Buyog'iga harakat qilish qolmoqda.
Muammo nimada? «Arsenal» qoqilgan davrida APLning ancha klublari o'sdi. Raqobat daxshat darajada kuchayib ketdi. Bo'shashganlar oltilikdan uchirib yuborilmoqda. «Arsenal» ayni vaqtda 9-o'rinda.
Premer-liga orqali Chempionlar ligasiga chiqish Everest cho'qqisidek uzoq va qiyin manzil. Evropa elitasida qolishning yagona yo'li qolmoqda. Ha, Evropa ligasi g'olibligi! Yutasan va to'g'ridan-to'g'ri zo'rlar qatoriga kirasan.
Ana shu yo'lda «Arsenal» bugun navbatdagi to'siqdan o'tishiga to'g'ri keladi. Raqib anchagina murakkab. Gretsiya chempionati mutlaq etakchisi "Olimpiakos". Birinchi uchrashuvda greklar o'z uyida 0:1 hisobida yutqazishdi. Londonga ular jang qilish va “o'lish” kayfiyati bilan borishadi. Zo'r o'yin bo'ladi, nasib qilsa.
Sizni 00:50 da UzReportTV jonli efirida kutaman, shu uchrashuvni birga tomosha qilamiz.
Davron Fayziev.

Bosh sahifaga
171