«Chelsi» uchun jiddiy yo'qotish: Moyses Kaysedo «Siti»ga qarshi o'ynamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6052

"Chelsi" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan diskvalifikatsiyaga uchradi.
Ekvadorlik 24 yoshli tayanch yarim himoyachisi APLning 19-turidan o'rin olgan "Bornmut"ga (2:2) qarshi o'yinning 4-daqiqasidayoq hakam Sem Barrott tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
Bu orqali uning Premer-ligadagi ogohlantirishlari soni 5 taga etdi. Shu tariqa, Kaysedo kartochkalar ko'payib ketgani sababli 4 yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Manchester Siti" - "Chelsi" o'yinini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185