Palmer APL o'yinlarida ancha samarali harakat qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6499

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer APLda 60-golli harakatini amalga oshirdi. Uning o'yinlari soni 100 taga ham etib bormagan.
Angliya terma jamoasining 23 yoshli yarim himoyachisi Premer-liganing 19-turi doirasida "Bornmut"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda (2:2) penaltidan gol urdi.
Hozirda Palmerning hisobida turnirdagi 97 o'yinda 40 gol va 20 ta golli uzatma mavjud. Shuni ta'kidlash joizki, u "Manchester Siti" safida o'tkazgan 19 ta uchrashuvda atigi 1 ta golli uzatma bergan bo'lsa, "Chelsi" tarkibida esa 78 ta o'yinda 40 gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195