Edegor 2026 yildan umidlarini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29051

"Arsenal" jamoasi sardori Martin Edegor o'z jamoasiga kelayotgan yilda g'alabalar tiladi.
"Biz ko'proq yutuqlarga erishmoqchimiz. Biror narsani yutishni istaymiz va umid qilamanki, 2026 yil biz bunga erishadigan yil bo'ladi. Shubhasiz, "Arsenal"dagi har bir kishi sovrinlar yutishni xohlaydi va biz har kuni aynan shunga intilamiz. Umid qilamanki, 2026 yil biz uchun g'alaba yili bo'ladi, chunki biz bunga tayyormiz," - deb keltiradi yarim himoyachining so'zlarini "Arsenal"ning rasmiy veb-sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206