"Napoli" kolumbiyalik futbolchi transferi uchun 20 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 628

"Napoli" "Flamengo"ga yarim himoyachi Xorxe Karraskal transferi uchun 20 million evro taklif qilmoqda, deya xabar berdi jurnalist Ekrem Konur.
Manbaga ko'ra, avvalroq Braziliya klubi "Marsel"ning 15 mln evrolik taklifini rad etgandi. Shuningdek, 27 yoshli kolumbiyalik futbolchiga "Vulverxempton" ham qiziqish bildirmoqda va u futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Karraskal 2025 yilning yozida "Flamengo"ga o'tdi. Jamoa bilan noyabr oyida u Libertadores kubogi sohibiga aylandi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 9 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212