Ter Shtegenga 6 ta klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 675

Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"da asosiy futbolchi maqomini yo'qotdi va endi ijaraga ketishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, ter Shtegen oltita klubning e'tiborida turibdi. Ushbu ro'yxatdan "Bavariya", "Jirona", "Tottenxem", "Aston Villa", "Yuventus" va "Chelsi" klublari joy olgan.
Mark-Andre ter Shtegen 33 yoshda, nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 7 million evroga baholamoqda. Amaldagi shartnoma ter Shtegenni "Barselona" bilan 2028 yilning yarmigacha bog'lab turadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209