O'zbekiston terma jamoasi bugun manzilini o'zgartiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13394

O'zbekiston terma jamoasi bugun BAA mamlakatining Dubay shahridan Al-Ayn shahriga ko'chib o'tadi. Bu haqda O'FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Turkmanistonga qarshi o'yindan keyin to'plar nisbatiga ko'ra "F" guruhida birinchi o'ringa ko'tarilib olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Dubay shahridan Al-Ayn shahriga ko'chib o'tadi.
U erda vakillarimiz guruh bosqichining so'nggi o'yini hisoblangan Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik olib borishadi”, deyiladi O'FA xabarida.
Ma'lumot o'rnida, Yaponiyaga qarshi bahs 17 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30da (Toshkent vaqti bilan soat 18:30da) Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193