«Futbol bashorati»: Superliga-2020 start olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 939

Yurtimizda futbol bo'yicha yangi mavsum boshlanish arafasida. Saytimizda o'tkazib kelinayotgan "Futbol bashorati" tanlovining O'zbekiston Superligasi bo'yicha yangi mavsumini boshlayapmiz. Barchani mazkur tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Tanlov qoidalari
A) Saytda ro'yxatdan o'tgan muxlislar ishtirok eta oladi.
B) Saytdagi "Futbol bashorati" tanlovining SUPERLIGA-2020 bo'limiga kirib, bitta turda keltirilgan o'yinlar uchun o'zingizning taxminiy natijalaringizni kiriting, so'ngra "OK" tugmasini bosing. Turdagi o'yinlarga variant kiritish bahs boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida to'xtatiladi.
S) Superliga 26 turdan iborat bo'ladi. Mavsum so'ngida g'oliblar aniqlanadi.
Hisoblash tartibi
A) Hisobni to'g'ri topgan muxlisga 3 ball beriladi. Faqatgina g'olib jamoani to'g'ri topgan muxlisga 1 ball berilsa, to'plar farqini ham to'g'ri topgan ishqibozga 2 ball beriladi. Durang bilan yakunlangan o'yinlarda siz ham durang natijani kiritgan bo'lsangizu, hisob aniq bo'lmasa ham 2 ball taqdim etiladi.
B) Natijalar va muxlislar reytingi bilan o'sha sahifadagi "Reyting" bo'limi orqali tanishib borasiz. Tanlov yakunida ochkolar teng kelib qolganda g'olib nomi quyidagicha aniqlanadi:
— eng ko'p topilgan aniq hisoblar soni;
— eng ko'p topilgan to'plar farqi;
Mukofot jamg'armasi
Tanlov uchun mukofot jamg'armasi ajratilgan bo'lib, dastlabki 5ta o'ringa quyidagicha mukofot beriladi:
1-o'rin: 50 ming so'm
2-o'rin: 40 ming so'm
3-o'rin: 30 ming so'm
4-o'rin: 20 ming so'm
5-o'rin: 10 ming so'm
Barchaga omad tilaymiz.
Futbol bashorati: SUPERLIGA-2020

Superliga-2019 futbol bashorati tanlovida g'olib chiqqanlarni esa taqdirlaymiz. Quyidagi muxlislar o'zlariga ajratilgan pulni qabul qilish uchun telefon raqamni ko'rsatishingizni so'raymiz.
SUXROBEK — 50.000 so'm
NODIRNASAF — 40.000 so'm
BLACKBUNKER — 30.000 so'm
QORIAKA — 20.000 so'm
UMIDBESTREAL — 10.000 so'm

Bosh sahifaga
227