Boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi litsenzion musobaqaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 369

Xabar berib o'tganimizdek, 3-11 mart kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun litsenzion musobaqa tashkil etiladi. Yigitlarimiz ayni paytda Iordaniyaning o'zida litsenzion musobaqaga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Amman shahriga yo'l oldi.
Terma jamoamiz litsenzion musobaqaga quyidagi tarkibda jo'nab ketdi:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Maftuna Melieva
-75 kg: Navbahor Hamidova
Bosh murabbiy: Lochin Qo'chqorov
Katta murabbiy: Elshod Rasulov
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244