Petrov Kubogi. "Humo" yirik hisobda "Toros"ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
Toshkentning "Humo" jamoasi 1/8 final bosqichi doirasida o'z maydonida Neftekamskning "Toros" klubini qabul qildi va 4:1 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.
Mezbonlar safida shaybalarni raqib darvozasiga Artyom Voronin, Denis Erkin, Pavel Zdunov va Evgeniy Grigorenkolar kiritishdi. Bunga esa "Toros" safida Rodion Amirov bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa, "qanotlilar" seriyadagi farqni qisqartirishga erishdilar - 1:2. Eslatib o'tamiz ertaga soat 18:30 da mazkur jamoalar o'rtasidagi to'rtinchi o'yin bo'lib o'tadi.
Manba: sportrs.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287