Levandovski bir oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski jarohat tufayli 4 haftaga safdan chiqdi, deya xabar tarqatdi myunxenliklar matbuot xizmati.
Polshalik hujumchi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Chelsi»ga qarshi kecha bo'lib o'tgan o'yinda chap oyog'ining tizzasidan jarohat oldi.
Levandovski dastlabki 10 kun davomida oyog'ida gips bilan yurishiga to'g'ri keladi. Shundan so'ng u tiklanish jarayonini boshlaydi. 31 yoshli futbolchi 11ta gol bilan EChLning ushbu mavsumida eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.
«Bavariya» va «Chelsi» o'rtasidagi javob bahsi 18 mart kuni bo'lib o'tadi. Levandovski Myunxenda o'tadigan javob uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
295