Orif Tolipovdan anons: Stivi Ji va uning yigitlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1164

Glazgoning “Reynjers” haqida yosh avlod vakillari eshitmagan ham bo'lsa ne ajab! Shotlandiyaning eng sovrindor klubi (54 marotaba mamlakat chempioni) bor-yo'g'i 8 yil avval butkul inqiroz holatida edi va mavqei jihatidan Shotlandiyaning to'rtinchi divizizioniga tushib ketdi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, ligadagi boshqa jamoalarning ovoz berishi orqali “Reynjers” jon saqlab qoldi. Yuqori diviziongacha bo'lgan yo'lni minimal vaqt ichida bosib o'tgan klub bugunga kelib evrokuboklarda qaytish qilmoqda.
2007/2008-yillarda hali bu musobaqa UEFA kubogi deb atalar va o'shanda finalda o'ynagan jamoada bugun Stiven Jerrard bosh murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Stivi Ji qo'l ostida klub xalqaro musobaqalarga qaytishi bilan birga, azaliy raqibi “Seltik”ni engishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa muxlislar uchun juda muhim holatdir. Glazgoda uni yaxshi ko'rishadi. Va umuman yaqindagina maydondagi harakatlari bilan millionlarni o'ziga qarata olgan Jerrardga qarab jahon futbolida yana bir yaxshi va kim bilsin top murabbiy etishib kelayotganini taxmin qilish mumkin!
Portugaliyaning “Braga” klubiga qarshi Glazgoda kechgan bahs (3:2) stsenariy e'tibori bilan o'sha haftaning eng zo'r o'yini bo'lgandir, balki. Tan olish kerak, hozircha ChL pley-offida ham bu qadar ziddiyatli va quvnoq o'yin o'tgani yo'q hali. Bugun javob o'yini o'tali. Uni Toshkentdan turib o'zbekistonlik muxlislar uchun sharhlab boraman. Birinchisi kabi sifatli o'yin bo'lishidan umidim katta!
22:00. UzReport TV . "Braga" – "Reynjers"
Orif Tolipov

Bosh sahifaga
295