Sport arbitraj sudi «Manchester Siti»ning apellyatsiyasini ro'yxatga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

Sport arbitraj sudi (CAS) o'zining rasmiy sayti orqali «Manchester Siti» klubining UEFA qarori ustidan bergan apellyatsiyasi ro'yxatga olinganini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgani uchun "shaharliklar"ni ikki yilga evrokuboklardan chetlatib, 30 million evro miqdorida jarimaga tortgandi.
CAS "Siti"ning murojaatini qachon ko'rib chiqib, ushbu masala yuzasidan qaror chiqarishi ma'lum emas.
"Manchester Siti" Evropa chempionlar ligasining ushbu mavsumida guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tdi va jamoa nimchorak finalda "Real" bilan to'qnash keladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin bugun "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tsa, javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchester shahrida o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
271