Grizmann: «Ba'zida jamoadoshlarim mening ochilayotganimni ko'rishmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 401

«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Napoli»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz g'alaba uchun kelgandik, ammo bugun maqsadimizga erisha olmadik. Ochiq hudud topish va darvoza tomon zarba berish qiyin bo'ldi. O'yin so'ngida ular charchab qolayotganini ko'rdik. Biz bosim uyushtirdik va vaziyatlarni yuzaga keltirdik.
O'z o'yinim ustida ishlashim kerak. Kenglikni yuzaga keltirishim va vertikal o'yinim sifatini yaxshilashim jamoa uchun muhim. Ba'zida jamoadoshlarim mening bo'sh hududlarga ochilayotganimni ko'rishmaydi. Men bo'sh hududlar yaratishim kerak», – dedi Antuan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267