Anri orzusi nima ekanligini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345

Afsonaviy frantsiyalik futbolchi, Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi, ayni paytda MLSning «Monreal Impakt» klubini boshqarayotgan Terri Anri “Arsenal” klubi bosh murabbiyi bo'lish uchun izlanishdan to'xtamasligini yashirmadi.
«Men bir kun kelib «Arsenal» klubi bosh murabbiyi bo'lish haqida o'ylayapman. Bu fikr miyamni tark etmayapti. Mening yana bir katta istagim – o'zimni basketbolchi sifatida sinab ko'rish. Men turli xil “danklar” qilishni o'rganishni xohlardim.
Men futbolda ishlayotgan ekanman, u holda «Arsenal» klubi bosh murabbiyligi uchun kurash olib borishda davom etaman. Hatto Arsen Venger «Arsenal» bilan xayrlashgan bo'lsada, «Emireyts» stadionidan ish topish oson bo'lmaydi. Bunday buyuk klublarni boshqarish uchun tajribali mutaxassislar talaygina», — dedi Terri Anri.

Bosh sahifaga
271