Gyundogan jamoasining EChLdagi maqsadi bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan «shaharliklar» EChL finaliga borishni xohlashayotganini yashirmadi.
«Nihoyat orzularimiz amalga oshishiga va EChLda g'olib chiqishga umid qilaman. Menda juda oz vaqt qoldi, shu bois, jamoadoshlarimda ushbu turnirda g'olib chiqishni talab qilaman.
Jamoamiz EChL finaligacha etib borishiga shubha qilmayman. Bu musobaqa klublar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Agar siz Evropaning kuchli klublaridan biri bo'la turib, ushbu musobaqada g'olib chiqa olmasangiz, umringiz davomida afsuslanib yurishingizga to'g'ri keladi. Gapirishning o'zi etarli emas. Maydonda qat'iyatlikni namoyish etish ham muhimdir», — dedi Ilkay Gyundogan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269