Nazorat uchrashuvi. "Bunyodkor" Pro liga klubini mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

"Bunyodkor"ning Pro liga vakili «Oq-tepa»ga qarshi o'yini gollarga va kurashlarga boy tarzda kechdi. Mehmonlar Vadim Abarmov shogirdlariga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Hisob himoyadagi qo'pol xatodan keyin «Oq-tepa» tomonidan ochildi. Bo'lim oxirlarida zaxiradan maydonga chiqqan Farrux Ikromov qisqa vaqt ichida mehmonlar himoyasini «parchalab» vaziyatni ijobiy tomonga o'zgardi. Shu tariqa jamoamiz tanaffusga g'olib sifatida yo'l oldi.
Ikkinchi bo'limda mehmonlarning afrikalik legioneri hisobni tenglashtirdi. Ammo uchrashuvning so'nggi daqiqalarida "qaldirg'ochlar" «Oq-tepa» a'zolari yana ikki marta maydon markaziga chorladi. 4:2 hisobida qolgan daqiqalarda o'zgarmadi va o'yin "Bunyodkor"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
O'rtoqlik uchrashuvi
«BUNYoDKOR» - «OQ-TEPA» - 4:2 (2:1)
25 fevral. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.
Bosh hakam: Akobir Shukurullaev.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abduljalilov (Sarvar Karimov), Dilshodbek Ahmadaliev (G'ulom-G'aydar G'ulomov), Islomjon Qobilov (Abdulla Abdullaev), Davronjon Ergashev (Boburbek Farhodov), Sanjar Qodirqulov (Hasan Yo'ldoshev; Suhrobjon Yarashev), Nurillo To'xtasinov (Doniyor Usmonov), Lutfulla To'raev, Jasurbek Jaloliddinov (Rasul Yo'ldoshev), Suhrob Izzatov (Sardor Abduraimov), Mirjahon Mirahmadov (Vladislav Nuriev), Bahodir Pardaev (Farrux Ikromov).
«Oq-tepa»: Erkin Jabborov, Sergey Proxorov, Sunnatilla Mamadaliev, Sherzod Qodirov, Farrux Sodiqov, Samandar Ochilov, Islom Ismoilov, Doniyor Umarov, Vladislav Fomin, Sarvar Jumaniyozov, Jamshid Yusupov.
Gollar: Sherzod Qodirov, 17 - 0:1. Farrux Ikromov, 36 - 1:1. Farrux Ikromov, 38 - 2:1. Gbadamosi Ibrohim Tomiva, 63 - 2:2. Rasul Yo'ldoshev, 84 - 3:2. Vladislav Nuriev, 86-penaltidan - 4:2.

Bosh sahifaga
212