«PSJ» ikki asosiy futbolchisi safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

"PSJ" ikki futbolchisi — himoyachi Tiago Silva va yarim himoyachi Ander Errera jarohat tufayli safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchining o'ng oyog'i sonining orqa qismidagi mushagi lat edi va u 3 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Ispaniyalik futbolchi esa sonining oldi qismidagi mushagini jarohatlab oldi. Uning tiklanishi uchun 1,5 - 2 oy vaqt talab etiladi.
35 yoshli Silva ushbu mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 30ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. 30 yoshli Errera esa 18ta uchrashuvda bitta golga va bitta assistni amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220