Saloh Suaresning «Liverpul»dagi natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining 27-turi doirasida bo'lib o'tgan «Vest Xem»ga qarshi o'yinda bitta gol urdi.
Misrlik futbolchi uchun bu mersisaydliklar safida APL doirasida kiritgan 69-to'p bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Saloh jamoaning sobiq hujumchisi Luis Suaresga etib oldi. Endi ular klub to'purarlari tarixida 4-o'rinni egallab turishibdi.
Ulardan yuqori o'rinlarni Maykl Ouen (118), Stiven Jerrard (120) va Robbi Fauler (128) egallab turishibdi.
Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. U mersisaydliklar safida barcha musobaqalar doirasida 139ta o'yinda maydonga tushib, 89ta gol urdi va 37ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226