«Liverpul» Angliyaning 2ta rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 665

«Liverpul» Angliya chempionatining 27-turi doirasida «Vest Xem»ni mag'lub etdi (3:2).
Mersisaydliklar APL doirasida o'z uylaridagi ketma-ket 21ta o'yinda g'alaba qozonib, bu borada 1972 yilda o'zlari o'rnatgan rekordni takrorlashdi.
Bundan tashqari, ushbu g'alaba «Liverpul» uchun ushbu mavsumda APL doirasidagi ketma-ket 18-g'alaba bo'ldi. Bu orqali Klopp jamoasi 2017 yilda «Manchester Siti» tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorladi.
Mersisaydliklarning Angliya chempionatidagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 44taga etdi. Jamoa «Arsenal»ga tegishli rekordni takrorlashi uchun yana 5ta o'yin qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271