"Paxtakor"ning oliy ligadagi eng yaxshi to'purarlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

Superliga startidan avval "Sherlar" tarkibida SSSR va O'zbekiston chempionatlari yuqori ligasida eng ko'p gol urgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tamiz.
Eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Gennadiy Krasnitskiy hisoblanadi. U 102 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishgan. Keyingi pog'onada joylashgan Igor Shkvirin 66 golini O'zbekiston, 25 to'pini esa SSSR chempionati oliy ligasida kiritgan bo'lib, uning hisobida jami 91 gol mavjud. Birodar Abduraimov 87, Anvar Soliev 86 gol muallifi bo'lgan. O'tgan mavsumda 18 gol urgan Igor Sergeev Anvar Solievga etib oldi. Zayniddin Tojiev 71, "Paxtakor"da ikkinchi yoshligini boshdan kechirgan Andrey Yakubik 70 gol urishga erishgan.
Kuchli o'nlikdan Aleksandr Geynrix, Server Jeparov va Dilmurod Nazarov ham o'rin olgan.
Sergeevning navbatdagi goli uni O'zbekiston chempionatlarida "Paxtakor"ning mutloq to'purari Anvar Solievga etib olishini ta'minlaydi.
"Paxtakor"ning chempionatlardagi eng yaxshi to'purarlari
Gennadiy Krasnitskiy 102
Igor Shkvirin 91
Birodar Abduraimov 87
Anvar Soliev 86
Igor Sergeev 85
Zayniddin Tojiev 71
Andrey Yakubik 70
Aleksandr Geynrix 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56
"Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi to'purarlari
Anvar Soliev 86
Igor Sergeev 85
Zayniddin Tojiev 71
Aleksandr Geynrix 66
Igor Shkvirin 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56
Sobir Xodiev 54
Mirjalol Qosimov 52
Shuhrat Maqsudov 51

Bosh sahifaga
221