So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
FIFA sammitida JCh-2022 ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ma'qullandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18476
Qatar poytaxti Doha shahrida FIFAning navbatdagi sammiti davom etmoqda.
Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ayollar futboli, FIFA Forward dasturi bo'yicha amaliy chora-tadbirlar, VAR tizimi masalalari bo'yicha fikr almashildi.
Shuningdek, sammit davomida klublar o'rtasidagi Jahon chempionati formati ham qayta ko'rib chiqildi va uning formatini o'zgartirish masalasi ovozga qo'yildi. Sammit ishtirokchilarining aksariyati klublar o'rtasidagi Jahon chempionati har ikki yilda bir marta o'tkazilishi va unda 24ta klub qatnashishini yoqlab ovoz berishdi.
Bundan tashqari, 2022 yilda Qatarda bo'ladigan jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar o'rtasida bu masala ovozga qo'yildi va ularning 85% Qatardagi jahon chempionatida 48ta terma jamoa qatnashishini yoqlab ovoz berishdi.
Endi FIFA bugungi ovoz berish jarayonlarini umumlashtirib, keyin Ijro qo'mitasi yig'ilishida klublar o'rtasidagi jahon chempionati formatini o'zgartirish va JCh-2022 ishtirokchilari sonini 48taga etkazish bo'yicha yakuniy qaror qabul qiladi.