Mendesh: "Safonov - aql bovar qilmaydigan odam"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

"PSJ" himoyachisi Nunu Mendesh "Flamengo"ga qarshi o'yindan keyin jamoaning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonovni maqtadi.
"Bu qiyin o'yin bo'ldi. O'yindan keyin Safonovga rahmat aytdik. Albatta. Bugun u penaltilar seriyasida o'zini ko'rsatdi va men undan xursandman. U ajoyib yigit, har doim hamma bilan hazillashadi. Uning "PSJ"da ekanidan xursandmiz. Maydonda ham, undan tashqarida ham u aql bovar qilmaydigan odam. Penaltilar seriyasida ikki marta xato qildik, ammo Matvey to'rtta zarbani qaytarib, bizni qutqardi", - deya Mendeshning so'zlarini keltiradi Canal Supporters.
Safonov penaltilar seriyasida raqibning ketma-ket to'rtta zarbasini qaytardi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198