Italiya futbol federatsiyasi 1 martgacha o'yinlarni muxlislarga o'tkazmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365
45
Italiya futbol federatsiyasi hukumatga murojaat qilib, 1 martga qadar futbol o'yinlarini tomoshabinlarsiz o'tkazish uchun ruxsat so'radi. Bu orqali federatsiya Italiya milliy terma jamoasining Evro-2020ga tayyorgarlik rejasining buzilishini oldini olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq koronavirus sababli Italiya A seriyasining 25-turidan o'rin olgan 4ta o'yin o'yin — «Inter» - «Sampdoriya», «Atalanta» - «Sassuolo», «Verona» - «Kalyari» va «Torino» - «Parma» hamda havaskor jamoalar o'rtasidagi 42ta o'yin boshqa muddatga qoldirildi.
Shuningdek, Evropa ligasining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan «Inter» - «Ludogorets» o'yini boshqa muddatga qoldirilishi yoki muxlislarsiz o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.
Italiyaning shimoliy qismida koronavirus tarqalishi oqibatida 219 nafar inson infektsiya bilan zararlangan bo'lsa, besh nafar odam hayotdan ko'z yumdi.

Bosh sahifaga
225