Subimendi "Arsenal" mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi jamoaning ochiq mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda Sky Sports Football jurnalisti Sem Blik xabar bermoqda.
Ammo mish-mishlarga ko'ra, xavbek boshqa joyda yakka tartibda shug'ullangan. Bu mavsumda Subimendining mashg'ulot yuklamasi birinchi marta tartibga solinishi emas. Manbaga ko'ra, jarohatidan tiklanishda davom etayotgan Xaverts va Gabriel ham mashg'ulotda bo'lmagan.
Joriy mavsumda 26 yoshli Subimendi barcha musobaqalarda 21ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi va 3ta golga hammualliflik qildi.
"Arsenal" 20 dekabr, shanba kuni "Everton" mehmoni bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165