FIFA Qirg'iziston - Myanma o'yinini shubha ostiga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

FIFA JCh-2022 saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan Qirg'iziston va Myanma terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv borasida tekshiruv boshladi. 2019 yilning 10 oktyabr kuni Bishkekda bo'lib o'tgan bahsda qo'shnilarimiz 7:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Tashkilot bu o'yinni kelishilgan bo'lishi mumkin deya taxmin qilmoqda.
«Biz bu masalani o'rganyapmiz. O'yin natijasini soxtalashtirishda aybdor bo'lgan barcha jiddiy jazoga tortiladi. FIFA yaqinda shunday qoidabuzarlik uchun kamida 5 yillik diskvalifikatsiya bergan edi», — deya bayonot berdi FIFA.
Ma'lumotlarga qaraganda, bunday tekshiruv faqat Myanma futbolchilari ustidan olib borilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225