"Kristal Pelas"ning transfer rejalari ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

Londonning "Kristal Pelas" klubining yanvar oyidagi transferlar oynasidagi rejalari haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Jurnalist Dom Smitning ta'kidlashicha, "burgutlar" yangi hujumchi va o'ng qanot vingeri qidirmoqda. Manbaga ko'ra, poytaxt klubi qishki bozorda eng faollardan biriga aylanishi mumkin.
Avvalroq, "Kristal Pelas" rahbariyati yangi futbolchilar uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' ajratishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Oliver Glasner shogirdlari 16 turdan so'ng Angliya chempionati turnir jadvalida 26 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
157