Terri 41 yoshli Tyago Silvaning "Chelsi"ga qaytish tarafdori
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

"Chelsi"ning sobiq sardori Jon Terri Tyago Silva klubiga qaytishini istamoqda. 41 yoshli braziliyalik futbolchi "Fluminense"ni tark etib, 2026 yilgi jahon chempionatiga Braziliya terma jamoasi bilan borish umidida Evropada yana bir bor kuch sinashga qaror qildi.
"Tyago Silva bozorda mavjud! U juda tajribali, klubimiz bilan yaxshi munosabatda, ikki farzandi "Chelsi" akademiyasida shug'ullanadi. Agar u yana bizning sharafimizni himoya qilsa, xursand bo'lardim," - deya Terrining murojaatidan iqtibos keltiradi Transfer News Live.
Tyago Silva 2024 yilning yozida "Chelsi"ni "Fluminense"ga almashtirdi. U to'rt yil davomida London grandi sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192