Dembele - ikkinchi, Mbappe - uchinchi: Saloh yilning eng yaxshi futbolchisini tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasi sardori sifatida The Best ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Seshanba kuni FIFA talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Madrid Zone xabariga ko'ra, Salohning reytingida birinchi o'rinni marokashlik Ashraf Hakimiy egallagan, ikkinchi pog'onani 33 yoshli Usmon Dembele ("PSJ"), uchinchi o'rinni esa Kilian Mbappe ("Real" Madrid) egallagan.
Ovoz berish natijalariga ko'ra, Dembele sovrin sohibiga aylandi. Sentyabr oyida frantsuz "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.
E'tiborlisi, Muhammad Salohga FIFA talqini bo'yicha yilning ramziy terma jamoasidan joy topilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192