"Chelsi" yulduzi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

"Chelsi"ning braziliyalik hujumchisi Estevao APLning 16-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Hujumchi mushaklaridan jarohat oldi. Uning qachon safga qaytishi hozircha ma'lum qilinmayapti, biroq u yaqin dam olish kunlari jamoasiga yordam bera olmaydi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Kecha "Chelsi" Angliya Liga kubogi chorak finalida "Kardiff Siti" mehmoni bo'lib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Braziliyalik futbolchi o'yinda ishtirok etmadi.
Oxirgi marta narxi 80 mln evroga baholanayotgan 18 yoshli forvard 13 dekabr kuni "Everton"ga qarshi o'yinda maydonga tushgandi.
2025/2026 yilgi mavsumda Estevao umumiy hisobda 58 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202