"Bavariya" himoyachisi rahbariyatga katta talab qo'ymoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

Frantsiyalik himoyachi Dayot Upamekano va "Bavariya" o'rtasidagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Jurnalist Filipp Kesslerning so'zlariga ko'ra, Upamekanoning agentlari 2028 yilda kuchga kirishi rejalashtirilgan yangi shartnomaga 65 million evro miqdoridagi tovon puli bandini kiritmoqchi.
Himoyachi, avval xabar qilinganidek, katta miqdordagi bonusni ham xohlamoqda. Futbolchining ko'plab talablariga qaramay, "Bavariya" optimistik fikrda va frantsuz futbolchisi bilan kelishuvga erisha olishiga ishonadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201