Joze Mourino: "Men bema'ni gaplar bilan emas, balki yutuqlarim bilan tanilganman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino o'zini gap-so'zlar bilan emas, sovrinlar bilan mashhur deb hisoblamoqda.
Portugaliya kubogi doirasidagi "Farense"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Mourinodan omma oldidagi bayonotlari uning strategiyasining bir qismimi yoki psixologik hiyla-nayrangmi, deb so'radi.
"Kechirasiz, lekin men vaqti-vaqti bilan aytib turadigan ahmoqona gaplarim emas, balki qo'lga kiritgan unvonlarim tufayli mashhurlikka erishdim, deb o'ylayman," - dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202