Xorijiy murabbiylar bilan hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

Xorijiy murabbiylar bilan hamkorlik qilish yuzasidan navbatdagi ekspert kommissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Bugun Sport vaziri o'rinbosari Sh.Maxmudov boshchiligida sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalarga xorijiy murabbiylarni jalb qilish ular bilan mehnat shartnomalarini imzolash kabi masalalarga bag'ishlangan navbatdagi ekspert komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Milliy Olimpiya qo'mitasi, Boks, Velosport, Engil atletika, Og'ir atletika, Dzyudo, Zamonaviy beshkurash, Kamondan otish, "Rowing & Canoe", Suzish federatsiyalari, Sport turlari Respublika oliy sport mahorati maktablari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 dekabrdagi 346-sonli qaroriga muvofiq xorijiy mutaxassislar bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish to'g'risidagi takliflarni ko'rib chiqildi.
Shuningdek, federatsiyalar tomonidan xorijiy mutaxassislarning aniq natijalarga erishish va terma jamoani munosib tayorlash borasidagi faoliyatini tanqidiy nazorat qilib borish kabi muhim masalalar belgilab olindi.
Manba: Minsportuz
Bosh sahifaga
263