Manchester klublari bir futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

Londonning "Tottenxem" klubida to'p tepayotgan qanot himoyachisi Pedro Porro faoliyatini Angliya Premer-ligasining nufuzliroq klubida davom ettirishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchining transferiga Manchesterning ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Gap "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" haqida ketmoqda. Potentsial bitim keyingi yozda rasmiylashtirilishi mumkin.
Porro 2023 yilning yozidan buyon "shporlar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Transfermarkt portali ekspertlari 26 yoshli ispaniyalikning bozor narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192