"Aston Villa" Tilemans bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472

Belgiyalik yarim himoyachi Yuri Tilemans Birmingemning "Aston Villa" klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati 28 yoshli xavbek bilan muzokara o'tkazishni rejalashtirgan. Tilemans va "sherlar" o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Belgiyalik futbolchi Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 10 ta "jang" o'tkazib, 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Mamlakat chempionatining 16-turidan so'ng Unai Emeri shogirdlari 33 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248