Xavi "Tottenxem"ga shart qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 918

Xavi Ernandes qaysi vaziyatda Londonning "Tottenxem" klubini boshqarishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
Xabarlarga ko'ra, agar "shporlar" rahbariyati uni klubda ko'rishni istasa, "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblangan "Los-Anjeles Gelaksi"ning 26 yoshli markaziy yarim himoyachisi Riki Puchni sotib olishi kerak. Xavining fikricha, "Tottenxem" maydon markaziga kreativ futbolchi kerak. Bundan tashqari, Xavi Gavini Londonda ko'rishni istamoqda, ammo u "Barselona" uni sotmasligini tushunib turibdi.
Ayni paytda "Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank bo'lib, u jamoani joriy mavsum boshida qabul qilib olgan. "Shporlar" 16 turdan so'ng Premer-ligada 22 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247