La Liga top-klubi "Manchester Siti" futbolchisini kuzatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1739

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Natan Ake qishki transferlar vaqtida klubini o'zgartirishi mumkin.
ElDesmarque nashri tarqatgan xabarga ko'ra 30 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" yanvar oyida Akeni sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olmoqchi.
Ake 2020 yilda "Manchester Siti" futbolchisiga aylangandi. Joriy mavsumda u Xosep Gvardiolaning birinchi tanlovi emas, shuning uchun u barcha turnirlarni hisobga olgan holda atigi 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Akening "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248