Semeno faqat bitta klubga o'tishni xohlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

"Bornmut" klubi qanot hujumchisi Antuan Semeno "Liverpul"ga o'tmoqchi. Bu haqda insayder Jan Pol Skiberras xabar bermoqda.
Manbaga ishonadigan bo'lsak, Semeno "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qaramay, "Liverpul"ga o'tish ustuvor variant hisoblanadi. Futbolchi "Liverpul" unga aniq rol taklif qilishiga ishonchi komil. "Manchester Siti" hozircha 25 yoshli vingerga bunday kafolat berishga tayyor emas.
Semeno 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 7 marta raqiblarini gol bilan ranjitdi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251