Spalletti "Yuventus" uchun yarim himoyachi tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Frantsiya chempionatida "Marsel" sharafini himoya qilayotgan 30 yoshli daniyalik yarim himoyachi Per-Emil Xyoyberg Italiya A Seriyasida ishlash imkoniyatiga ega.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra tajribali xavbek xizmatiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Xyoybergni "keksa sinora" ustozi Luchano Spalletti sotib olish tashabbusi bilan chiqmoqda. Bitim yanvar oyidagi transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin.
Daniyalik va provansalliklar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning yozida yakuniga etadi. Yarim himoyachining narxi 18 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238